TURAN XALQARO UNIVERSITETIDA RAQAMLI PEDAGOGIKA VA SUN’IY INTELLEKTGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO ILMIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
Turan Xalqaro Universitetida “Sifatli ta’limni ta’minlashda raqamli pedagogika va sun’iy intellekt imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli ilmiy tadbir Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D. Abdusamiev tashabbusi bilan tashkil etilib, zamonaviy ta’limning eng dolzarb yo‘nalishlari — raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni chuqur tahlil qilindi.
Ilmiy taqdimotlar bilan ishtirok etganlar:
— Dotsent Z. Kodirov
— Dotsent A. Kodirov
— PhD, dotsent D. Mamajonov
— O‘qituvchi M. Zokirova
Anjuman davomida innovatsion yondashuvlar, raqamli pedagogika modellari, hamda sun’iy intellekt asosida ta’lim sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Turan Xalqaro Universiteti — ilm-fan, innovatsiya va sifatli ta’lim uyg‘unlashgan maskan!
Bu kabi xalqaro ilmiy anjumanlar esa universitetimizning ta’lim sohasidagi yetakchi mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi.
