TURAN XALQARO UNIVERSITETI — GLOBAL ARENALARDA O‘Z MAVQEIGA EGA UNIVERSITET
Ayni damda Turan Xalqaro Universiteti rektori Ahadxon Najmitdinov Malayziya davlatida IAUP — International Association of University Presidents Asia Pacific Regional Conference 2026da ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli platformada rektorimiz 25 ta davlatdan universitet rahbarlari, ilm-fan yetakchilari bilan:
— yangi xalqaro hamkorliklar;
— talabalarimiz uchun global akademik va amaliy imkoniyatlar;
— qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar doirasida muzokaralar olib bormoqda.
Bularning barchasi bitta maqsadga xizmat qiladi — Turan talabalarining global raqobatbardoshligini oshirish.
