2026-YILDA XALQARO TAJRIBA SARI ILK QADAM
Turan Xalqaro Universiteti yaratib bergan imkoniyat orqali 2026-yilda ham yana 4 nafar talaba Malayziya va Ozarbayjon davlatlarida 100% GRANT va BEPUL TURAR JOY asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Safar oldidan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ota-onalar farzandlarining kelajagi ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘lishdi.
E’tiborlisi shundaki, bu talabalar orasida Turan Xalqaro Universiteti tomonidan chet elga ikkinchi bor jo'natilyotgan talaba ham bor.
