TURAN TALABALARI O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDA FAXRLI 2-O‘RINNI EGALLADI

TURAN TALABALARI O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIDA FAXRLI 2-O‘RINNI EGALLADI

Turan Xalqaro Universiteti Gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti JM-25-CU guruhi talabalari — Erkinov Abdulloh Ayubxon o‘g‘li hamda Muxammadov Muxammaddiyor Doniyorbek o‘g‘li qo‘l jangi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va yuqori tayyorgarligi samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Universitet jamoasi g‘oliblarimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusida ularga yanada ulkan zafarlar tilaydi.

Turan International University — bilim va g‘alaba birlashgan maskan!

Oldingi xabarTa’lim sifati va xalqaro mezonlar — Turan Xalqaro Universitetida ustuvor yo‘nalish
Keyingi xabarAl-Xorazmiy olimpiadasining 3-hududiy bosqichi – Turan Xalqaro Universitetida