Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari — Turan Xalqaro Universiteti talabalari!
Turan Xalqaro Universiteti talabalari yana bir bor bilim, mehnat va salohiyat bilan eng yuqori marralarni zabt etdi!
Faxr bilan ma’lum qilamizki, talabalarimiz:
- To'xtaraliyev To'lagan - Prezident stipendiyasi
- Nazirov Jaloliddin - Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi
- Tursunboyeva Durdona - Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi egalariga aylanishdi.
Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari, nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag'i bilan mukofotlanadi.
Stipendiat talabalarimizni tabriklaymiz!
Bu yutuq — Turanda yaratilgan sifatli ta’lim, kuchli muhit va cheksiz imkoniyatlarning natijasi hamdir. Turan Xalqaro Universiteti — muvaffaqiyat sari ishonchli qadam.
