Global uchrashuvlar — global kelajak sari yo‘l.
Turan Xalqaro Universiteti talabalari nufuzli oliygoh va hamkorimiz — Baku Higher Oil Schoolda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafkhanov hamda universitet rektori Elmar Gasimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Bu esa Turan Xalqaro Universiteti tomonidan yaratilgan imkoniyatlar natijasidir. Universitet o‘z talabalariga Bokuda 100% grant va bepul turar joy asosida tahsil olish imkonini taqdim etib, ularni haqiqiy xalqaro ta’lim va professional muhitga olib chiqmoqda.
