Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalar topshirildi
Tadbir davomida 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar Turan Xalqaro Universiteti rektori Ahadxon Najmitdinov tomonidan tantanali ravishda rasmiy guvohnomalar bilan taqdirlandi.
Stipendiya sohiblari:
To‘xtaraliyev To‘lagan
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi
Nazirov Jaloliddin
— Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi
Tursunboyeva Durdona
— Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sohibasi
Mazkur yutuqlar talabalarimizning yuqori bilim darajasi, ilmiy salohiyati hamda universitetimizda yaratilgan zamonaviy va yuqori sifatli ta’lim muhitining yana bir yorqin natijasidir.
