Al-Xorazmiy olimpiadasining 3-hududiy bosqichi – Turan Xalqaro Universitetida
Al-Xorazmiy olimpiadasining uchinchi hududiy bosqichi ayni damda Turan Xalqaro Universitetida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Namangan viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Mazkur olimpiada zamonaviy va keng kampus hududida, qulay hamda professional imtihon zallarida tashkil etildi. Barcha jarayonlar puxta rejalashtirilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun shaffof va adolatli muhit yaratildi.
Olimpiada va yirik akademik tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish uchun zamonaviy infratuzilma, sifatli tashkiliy jarayon hamda qulay sharoit muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Turan Xalqaro Universiteti nufuzli ilmiy va ta’limiy tadbirlarni tashkil etish uchun eng munosib maskanlardan biri hisoblanadi.
