Zamonaviy ta’lim va kuchli yoshlar siyosati — barqaror rivojlanish garovi

Zamonaviy ta’lim va kuchli yoshlar siyosati — barqaror rivojlanish garovi

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Seminarda Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Sirojev, “Mahalla” tizimi raisi Qahramon Quronboyev, sport vaziri Adham Ikromov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.

Mazkur seminar 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ta’limni rivojlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda Turan International University rahbariyati vakillari ham faol ishtirok etdi. Universitetimiz mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari, yoshlar siyosati hamda yangi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratadi.

Oldingi xabarGlobal uchrashuvlar — global kelajak sari yo‘l.
Keyingi xabarPrezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalar topshirildi