Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalar topshirildi

Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalar topshirildi

Tadbir davomida 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalar Turan Xalqaro Universiteti rektori Ahadxon Najmitdinov tomonidan tantanali ravishda rasmiy guvohnomalar bilan taqdirlandi.

Stipendiya sohiblari:

To‘xtaraliyev To‘lagan
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi

Nazirov Jaloliddin
— Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi

Tursunboyeva Durdona
— Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sohibasi

Mazkur yutuqlar talabalarimizning yuqori bilim darajasi, ilmiy salohiyati hamda universitetimizda yaratilgan zamonaviy va yuqori sifatli ta’lim muhitining yana bir yorqin natijasidir.

Oldingi xabarZamonaviy ta’lim va kuchli yoshlar siyosati — barqaror rivojlanish garovi
Keyingi xabarXalqaro maydonga chiqmoqchi bo‘lgan talabalar bilan uchrashuv!