2025-YIL 22-MAYDAGI XALQARO ANJUMANDAN FOTO LAVHALAR

2025-YIL 22-MAYDAGI XALQARO ANJUMANDAN FOTO LAVHALAR

Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar iqtisodiy barqarorlik va raqamli rivojlanish masalalari yuzasidan o‘z ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etdilar.

Ilmiy muhokamalarda hududiy iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy xavf-xatarlarni baholash hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, elektron tijorat, innovatsion marketing, hududiy investitsiyalar va yashil iqtisodiyotning zamonaviy iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni muhokama qilindi.

Anjuman materiallari professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalarning mustaqil hamda hammualliflikdagi ilmiy maqolalarini jamladi. Bu esa yosh tadqiqotchilar uchun o‘z ilmiy izlanishlarini keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish imkoniyatini yaratdi.

Mazkur anjuman universitetning ilmiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va dolzarb iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy takliflarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Oldingi xabarIKKI ÖYIN — IKKI ĞALABA! YARIM FINAL SARI IŞONÇLI QADAM!
Keyingi xabar2025-YIL 19-NOYABRDAGI “SIFATLI TA’LIMNI TA’MINLASHDA RAQAMLI PEDAGOGIKA VA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ANJUMANDAN FOTO LAVHALAR