100% GRANT asosida chet elda o‘qish — Turan Xalqaro Universiteti talabalari uchun haqiqat!
Uchrashuv davomida talabalar va ota-onalarga xorijdagi ta’lim jarayoni, xavfsizlik masalalari hamda universitet talablari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Rahbariyat talabalarni xalqaro maydonda universitetning munosib vakili bo‘lishga undab, ularga o‘qish va kelgusi faoliyatlarida omad tiladi.
Turan Xalqaro Universiteti yaratib berayotgan xalqaro imkoniyatlarning yorqin misollaridan biri — Orifjonova Durdona.
U avval Turan Xalqaro Universiteti orqali Yaponiyada haq to‘lanadigan amaliyot dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. So‘ng Malayziyada grant asosida tahsil oldi. Endilikda esa navbatdagi xalqaro ta’lim tajribasi uchun Ozarbayjon sari yo‘l olmoqda.
✨ Siz ham dunyoga yo‘l ochadigan universitetni tanlang!
📚 Turan Xalqaro Universitetiga hujjat topshiring va xalqaro imkoniyatlardan foydalaning!
