Turan Xalqaro Universiteti va “Everest Learning Center” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!
Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan:
-
Universitet talabalarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
-
Talabalarni maktab, bog‘cha va o‘quv markazlaridagi pedagogik faoliyatga jalb etish;
-
O‘quvchilar uchun ingliz tili, IELTS va xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik bo‘yicha seminarlar hamda ochiq darslar tashkil etish;
-
Ta’lim sifatini oshirish va o‘zaro tajriba almashish.
Mazkur kelishuv talabalarga kasbiy tajriba orttirish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash hamda kelajakdagi faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Turan Xalqaro Universiteti — bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari!
