2-Avicenna Xalqaro biologiya olimpiadasi — Turan Xalqaro Universiteti mezbonligida
Mazkur nufuzli ilmiy tadbir mamlakatimiz tarixida ikkinchi bor tashkil etilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Olimpiadada dunyoning 12 ta davlatidan 94 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etib, biologiya faniga oid chuqur bilim va ilmiy salohiyatlarini xalqaro miqyosda namoyon etmoqdalar.
Ushbu tadbir:
— yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish,
— xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish,
— hamda mamlakatimizning ta’lim va ilm-fan sohasidagi salohiyatini keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.
Olimpiadaning aynan Turan Xalqaro Universitetida o‘tkazilayotgani esa universitetning:
— zamonaviy infratuzilmasi va ilg‘or texnik bazasi,
— xalqaro standartlarga mos ta’lim muhiti,
— yirik xalqaro tadbirlarni tashkil etish tajribasi,
— professional jamoasi va tizimli yondashuvi mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Turan Xalqaro Universiteti ushbu nufuzli tadbir orqali nafaqat o‘zining, balki viloyatimiz va mamlakatimizning ilmiy-intellektual salohiyatini xalqaro maydonda munosib namoyon etmoqda.
Turan Xalqaro Universiteti — sifatli ta’lim, zamonaviy imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik uyg‘unlashgan maskan.
